Angliyaning ovloq shaharlaridan biridagi “Mehnat uyi” – “G‘aribxona”. Taqdir taqozasi bilan bu yerga kelib qolgan yosh va ko‘hlikkina juvonning shu mudhish dargohda ko‘zi yoridi. Bola dunyoga keldi-yu, ona esa olamdan o‘tdi.Sho‘rpeshona go‘dak muhtojlik va qiynoqlar ostida o‘n yoshga to‘ldi. Uni tobutsozga shogirdlikka berdilar. Bola bu yerdagi azob-uqubatlar, haqoratlarga dosh berolmay, boshi oqqan tomonga qarab qochdi.Mana katta London yo‘li, tuguncha ko‘targan, ust-boshi yupun, boshida homiysi, bisotida sariq chaqasi yo‘q so‘qqabosh, qiltiriq bolakay ketib boryapti.Aziz kitobxon, keling, kitobni birgalikda o‘qib chiqaylik-chi, bolakay qaylarga oshiqyapti-yu, uni oldinda ne savdolar kutyaptiykin?

Fatal error: Uncaught Error: Call to a member function fetch_row() on false in /home/user/web/тумба.онлайн/private/versions/ver_5/pages/books_single.php:285 Stack trace: #0 /home/user/web/тумба.онлайн/private/versions/ver_5.php(577): include() #1 /home/user/web/тумба.онлайн/public_html/index.php(200): include('...') #2 {main} thrown in /home/user/web/тумба.онлайн/private/versions/ver_5/pages/books_single.php on line 285